Turkiyada koronavirusga qarshi emlanmaganlarga nisbatan cheklovlar kuchaytiriladi

Emlanmagan fuqarolar manfiy PsR-tessiz ommaviy tadbirlar, jumladan konsert, teatr va kinoteatrlarga tashrif buyura olmaydi. Shuningdek, bunday testlar samolyotlar va shaharlararo avtobuslar uchun ham majburiy bo‘ladi.

1695413
Turkiyada koronavirusga qarshi emlanmaganlarga nisbatan cheklovlar kuchaytiriladi

 

Turkiyada koronavirusga qarshi kurash doirasida 6 sentyabrdan boshlab virusga qarshi emlanmaganlarga nisbatan cheklovlar kuchaytiriladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, emlanmagan fuqarolar manfiy PsR-tessiz ommaviy tadbirlar, jumladan konsert, teatr va kinoteatrlarga tashrif buyura olmaydi. Shuningdek, bunday testlar samolyotlar va shaharlararo avtobuslar uchun ham majburiy bo‘ladi.

Bundan tashqari, emlanmagan talabalar va universitetlar xodimlari muntazam ravishda, maktablar o‘qituvchilari va xodimlari esa bir haftada kamida 2 marta koronavirusga PsR-test topshirishlari kerak bo‘ladi.

Erdo‘g‘an shu bilan birga mamlakatda koronavirusga qarshi emlanish ixtiyoriy ekanini aytgan, biroq aholini vaksina olishga chaqirgan.


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #Turkiya

Aloqador xabarlar