Quvayt hukumati Turkiyaga hamdardlik bildirdi

“Turkiyadagi o’rmon yong’inlari sababli do’st davlat Turkiyaga, Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anga, hukumatga va ayniqsa yong’inda halok bo’lganlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz”,-deyiladi bayonotda.

1684661
Quvayt hukumati Turkiyaga hamdardlik bildirdi

 

Quvayt o’rmon yong’inlarida insonlar halok bo’lganligi munosabati bilan Turkiyaga hamdardlik bildirdi.

Quvayt bosh vaziri Shayh Sabah Xolid al-Hamad as-Sabah raisligida bo’lib o’tgan vazirlar kengashi yig’ilishida Turkiyaga ta’ziya izhor etildi.

“Turkiyadagi o’rmon yong’inlari sababli do’st davlat Turkiyaga, Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anga, hukumatga va ayniqsa yong’inda halok bo’lganlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz”,-deyiladi vazirlar kengashi yig’ilishida.

Shuningdek, Quvayt Turkiya davlati va turk xalqi bilan birga ekanligi qayd etildi. Turkiya hukumati o’rmon yong’inlarini tez vaqtda bartaraf etishiga ishonch bildirildi.

Eslatish joizki, Turkiya janubidagi o’rmon yong‘inlari kamida olti kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, yuzlab odamlar jabrlandi, minglab aholi evakuatsiya qilindi. Qishloq-xo‘jalik maydonlari, fermalar yong‘in ichida qolib, chorva mollari nobud bo‘ldi.

Yong‘inlar mamlakatning turistik hududlariga ta'sir ko‘rsatgan - ko‘plab mehmonxonalardan sayyohlarni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keldi.

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an yong‘in qamrab olgan hududlarni falokat hududlari deb e'lon qildi.

Favqulodda vaziyat tufayli Turkiya janubida sayyohlik tadbirlari to‘xtatildi.

O‘rmon yong‘inlari oqibatida turistik zonalarga yetgan zararni bartaraf etish maqsadida birinchi bosqichda 50 million turk lirasi (taxminan 6 million dollar) mablag’ ajratildi.

 


Tanlangan kalimalar: #hamdardlik , #Turkiya , #Quvayt

Aloqador xabarlar