Turkiyada bugundan e’tiboran oddiy hayot sharoitiga o‘tish davri boshladi

Turkiyada koronavirusga qarshi kurash doirasida yo‘lga qo‘yilgan ko‘chaga chiqish haqidagi cheklovlar bugundan e’tiboran bekor qilindi.

1667920
Turkiyada bugundan e’tiboran oddiy hayot sharoitiga o‘tish davri boshladi

Yurt  bo‘ylab yangi turdagi koronavirusga (Covid-19) qarshi kurash doirasida yo‘lga qo‘yilgan ko‘chaga chiqish haqidagi cheklovlar bugundan e’tiboran bekor qilindi.

Shaharlararo cheklovlar ham to‘xtar ekan barcha ishxonalar tozalik, niqob va masofa qoidalaridan tashqari Sog‘likni Saqlash vazirligi qoshidagi Pandemiyani boshqarish va faoliyat rahbarida talab qilingan chora - tadbir va asoslarga amal qilinishi sharti bilan bugundan e’tiboran takror faoliyat ko‘rsata boshlaydi.

Stollar yoki stullar orasidagi masofa qoidalariga rioya qilish sharti bilan yeb - ichish joylarining ochiq yoki yopiq maydonlarda, bitta stolda bir vaqtning o‘zida necha kishining bo‘lishi haqidagi cheklovlar qo‘llanilmaydi.

Nikoh va to‘y marosimlarida, ovqat va ichimliklar berilishi mumkin. Jonli musiqa ijrosi bosh bo‘lish bilan birga umuman musiqa ijrosi, soat 24.00 ga qadar davom etishiga ruxsat berildi.

Shahar va shaharlar o‘rtasida barcha jamoat transportidagi chelovlar ham bekor qilindi.

Ayni paytda davlat muassasalari va tashkilotlarida bugungi kunda yo‘lga qo‘yilgan  ertalabki soat 10.00 dan kechki 16.00 ga qadar ishlash qoidasi ham to‘xtadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #oddiy hayot sharoiti , #Covid-19

Aloqador xabarlar