Bugun Istanbul shahrining fath etilishiga 568 yil to‘ldi

Turkiyaning eng yirik, eng chiroyli shahri Istanbul, 1453 - yilning 29 - mayi kuni O‘smonli podishohi Fatih Sulton Mehmet tomonidan fath etildi.

1647633
Bugun Istanbul shahrining fath etilishiga 568 yil to‘ldi

O‘smonli imperiyasi o‘zining haqiqiy o‘sish va kuchayish davriga Vizantiya tuproqlarini fath etish orqali erishdi. Ham Anado‘lu ham da Rum elida yo‘lga qo‘ygan fathlari natijasida Vizantiya faqatgina Istanbuldan iborat bir shahar davlatiga aylandi. 1453 - yili esa O‘smonli podishohi Fatih Sulton Mehmet Istanbulning Vizantiya qo‘lida bo‘lishining O‘smonli davlati uchun xavf tug‘dirishini oldindan bilib, katta qo‘shin bilan Istanbulni qurshab oldi. Uzoq davom etgan qurshovda O‘monli armiyasi foydalangan usul va qurollar, 1453 - yilning 29 - mayi kuni Istanbulning fath etilishiga yo‘l ochdi. Istanbul O‘smonli imperiyasining poytaxti bo‘ldi. O‘rta asrni tamomlab Yangi davrni boshlatgan Istanbul fathi, dunyo tarixiga chuqur ta’sir qilib, G‘arbdagi islohot va uyg‘onish harakatlarining ham boshlanishiga sabab bo‘ldi.



Aloqador xabarlar