Diyarbakirda yo‘q qilingan terroristlarning qidirilganlar ro‘yhatida ekani aniqlandi
Diyarbakirda yo‘q qilingan terroristlardan uch nafarining, oldindan qidirilgan terroristlar ro‘yhatida ekani aniqlandi.

Diyarbakirning Lije qishlog‘ida 29 - aprelda yo‘q qilingan PKK terror tashkilotiga a’zo 6 terroristdan 3 nafarining, qidiruvdagi shaxslarning qizil, toq sariq va kul rang kategoriyasida o‘rin olgani aniqlandi.
Ichki Ishlar vaziriligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra terroristlardan Suna Tash 2011 - yili Diyarbakirdan terror tashkiloti tarkibiga kirgan. Terror yuzasidan qidirilganlar ro‘yhatining “qizil” kategoriyasida o‘rin olgan. Aytib o‘tish joizki, ushbu kategoriyaga kiritilgan terroristlarni topganlar 10 million Turk lirasi bilan mukofatlanishi qayd etilgan.
Latife Hanibining o‘z faoliyatini, Ameddagi Lije mintaqasidagi ayollardan mas’ul terrorist sifatida olib borgani va 1 million liralik mukofat bilan “toq sariq” kategoriyada qidirilgani aniqlangan.
Terrorist Dilan Silinsinning Amaddagi Lije mintaqasida faoliyat yuritgani va 600 ming liralik mukofat bilan “kul rang” kategoriyada qidirlgani ma’lum bo‘ldi.
Yuqorida nomi tilga olingan terroristlarning Diyarbakir mintaqasida yuz bergan terror voqealarini rejalashtirganlar ekani ham yaqqol o‘rtaga chiqdi.