Turkiya Suriyadagi insoniy fojianing butunlay hal qilinishi kerakligini ta’kidladi

Yavuz Selim Kiran BMT va YI sherikligida online ravishda uyushtirilgan “Suriya va mintaqaning kelajagini qo‘llab - quvvatlash” deb nomlangan navbatdagi Suriya konferensiyasining vazirlar majlisida ishtirok etib, nutq so‘zladi.

1611895
Turkiya Suriyadagi insoniy fojianing butunlay hal qilinishi kerakligini ta’kidladi

Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Yavuz Selim Kiran, xalqaro hamjamiyatni Suriyadagi insoniy fojiani butunlay hal qilish uchun birgalikda harakat qilishga va Yevropa ittifoqining ham Turkiya zimmasiga olgan og‘ir yukni e’tiborga olishga chaqirdi.

Kiran Birlashgan Millatlar Tashkilot va Yevropa ittifoqi sherikligida online ravishda uyushtirilgan “Suriya va mintaqaning kelajagini qo‘llab - quvvatlash” deb nomlangan navbatdagi Suriya konferensiyasining vazirlar majlisida ishtirok etib, nutq so‘zladi.

Unda, ortda qolgan 10 yillik Suriya inqirozining Ikkinchi Jahon urushidan keyin yuz bergan eng yirik insoniy fojiaga yo‘l ochganini ta’kidlagan Kiran, Turkiyada 4 million o‘z uy - joyini tark etishga majbur bo‘lgan inson yashagani va ularning 3.7 millionining suriyaliklardan iboratligini yodga soldi.

Muhojirlarning yashash haqqining muhofaza qilinishning qonuniy va ahloqiy javobgarchilik ekanini ta’kidlagan Kiran, Gretsiyaning (muhojirlarni) yo‘ldan qaytarishi va boshpana talabini rad etishi xalqaro huquq talablariga javob bermasligini ifoda etdi.

Suriyalik muhojirlarning mavjud yashash sharoitini yaxshilashga harakat qilayotganliklarini qayd etgan Kiran,

“Xalqaro hamjamiyat va Yevropa ittifoqining Suriyada kerakli infratuzilmani yaratish uchun yana - da ko‘prig‘ini amalga oshirishi kerak”. - dedi.

Kiran, Turkiyadagi muhojirlar uchun Moliyaviy Yordam dasturi doirasida Yevropa ittifoqi bilan hamkorlik qilish masalasiga to‘xtalgan holda, bu doirada va’da berilgan 3 + 3 milliard yevroning hammasini olmaganliklari va Yevropa ittifoqidan o‘z vazifalarini bajarishlarini kutganliklarini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar