Chavusho’g’li “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” vazirlar konferensiyasida ishtirok etmoqda

Bugun, 30 mart kuni Tojikistonning Dushanbe shahrida tashqi ishlar vazirlarining "Osiyoning yuragi – Istanbul jarayoni" formatidagi 9-konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur anjumanda Turkiyadan tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li ishtirok etmoqda.

1611206
Chavusho’g’li “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” vazirlar konferensiyasida ishtirok etmoqda

 

Bugun, 30 mart kuni Tojikistonning Dushanbe shahrida tashqi ishlar vazirlarining "Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni" formatidagi 9-konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur anjumanda Turkiyadan tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li ishtirok etmoqda.

Tojikistonning "Xovar" Milliy axborot agentligi ma’lum qilishicha, konferensiya "Tinchlik va taraqqiyot uchun konsensusni mustahkamlash" mavzusiga bag‘ishlangan. Forum Tojikiston va Afg‘oniston Prezidentlarining kirish so‘zlari bilan boshlanishi kutilmoqda.

Konferensiyada 15 ta ishtirokchi davlat tashqi ishlar vazirlari bevosita ishtirok etadi. 16 ta donor mamlakat, 16 ta mintaqaviy va xalqaro tashkilot rahbarlari onlayn shalda qatnashadi.

Konferensiya yakunida Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Eslatma: "Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” Afg‘oniston va Turkiyaning qo‘shma tashabbusi bo‘lib, uning birinchi konferensiyasi 2011 yil 2 noyabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgandi.

Konferensiyada ishtirokchi davlatlar ro'yxati quyidagicha: Turkiya, Afg‘oniston, Tojikiston, Eron, Pokiston, Hindiston, Xitoy, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston.

16 ta donor davlatlar ro'yxati: AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Kanada, Avstraliya, Daniya, Misr, Finlyandiya, Italiya, Iroq, Norvegiya, Polsha, Ispaniya, Shvetsiya.

16 mintaqaviy va xalqaro donorlik tashkiloti ro'yxati: Og‘axon taraqqiyot tarmog‘i, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha konferensiya, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Yevropa Ittifoqi, NATO, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqalar.

 



Aloqador xabarlar