Erdo‘g‘an hukmron Ak partiyaga takror rahbar etib saylandi

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘an hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasining (AKP) 7-favqulodda kongressida delegatlarning 1 ming 428 ta ovozini olishga muvaffaq bo’lib, takror partiya rahbari lavozimiga saylandi.

1608456

Anadolu axborot agentligi xabar berishicha, Turkiya prezidenti kongressda so’zlagan nutqida “Bugungi kongress hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ak partiya 2023 yilgi saylovlarda qatnashadigan hukmron partiya kadrlarini aniqlashtirib oladi. E’tiborlisi, o‘sha yil Turkiya Respublikasi e’lon qilinganining yuz yilligi nishonlanadi”, -deya ta’kidlagan.

Prezident o’z navbatida, Ak partiya 13,5 milliondan ortiq Turkiya fuqarosini o‘z safida jamlaganini ta’kidlagan.

“Ak partiya kongressi xalqning Turkiya taraqqiyoti yo‘lidagi birligi va qat’iyatining yaqqol isbotidir”, -dedi Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘an

“Mamlakatning 2023 yilgacha bo‘lgan rivojlanish maqsadlari 21 asr va undan keyingi davrda qudratli va kuchli Turkiyani shakllantirish uchun boshlang‘ich nuqtaga aylanadi”, -dedi Turkiya prezidenti.

Aloqador xabarlar