Shvetsiya va Ukraina Turkiyaga hamdardlik bildirdi

Shvetsiya va Ukraina tashqi ishlar vazirligi 14 fevral kuni Iroqning Gara hududida 13 nafar turk vatandoshining jangarilar tomonidan qatl etilganligi munosabati bilan Turkiyaga hamdardlik bildirdi.

1584910
Shvetsiya va Ukraina Turkiyaga hamdardlik bildirdi

 

Turkiyaga dunyoning turli mamlakatlaridan hamdardlik maktublari kelmoqda.

Jumladan, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde 14 fevral kuni Iroqning Gara hududida 13 nafar turk vatandoshining jangarilar tomonidan qatl etilganligi munosabati bilan Turkiyaga hamdardlik bildirdi.

Ann Linde twitterdagi sahifasida shunday yozdi.

“Iroq shimolida sodir etilgan terrorchilik harakatida halok bo’lgan turk vatandoshlarining oilalariga chuqur ta’ziya izxor etamiz. Qalbimiz turk xalqi bilan birga!”,-deyiladi Shvetsiya tashqi ishlar vazirining twitterdagi sahifasida.

Ukraina ham Iroqda turklarga nisbatan sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi.

Ukraina tashqi ishlar vazirligi twitter orqali Turkiyaga hamdardlik bildirdi.

“Afsuski, Iroq shimolida turk vatandoshlarining vahshiylarcha o’ldirilganidan iztirobdamiz. Avvalo do’st turk xalqiga va halok bo’lganlarning oilalariga chuqur ta’ziya izxor etamiz. Himoyasiz begunoh insonlarning qotillari eng og’ir jazoga loyiqdir”,-deyiladi Ukraina tashqi ishlar vazirligining twitterdagi sahifasida.

Bundan avval, Ozarbayjon, Pokiston, Rossiya va Daniya hukumati hamda ushbu mamlakatlarning Turkiyadagi elchilari Turkiya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirgandi.


Tanlangan kalimalar: #hamdardlik , #Shvetsiya , #Turkiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar