Erdo’g’an Turkiyada yangi konstitutsiyani qabul qilish vaqti yetib kelganini ma'lum qildi

“Shoshilmasdan, har bir partiya ishtirokida, davr talablariga to’liq javob beradigan yangi konstitutsiya matnini tayyorlashimiz kerak. Keling, barchamiz birgalikda yangi konstitutsiya bo’yicha takliflarimizni bir yil ichida tayyorlaylik!",-dedi Erdo'g'an.

1580903
Erdo’g’an Turkiyada yangi konstitutsiyani qabul qilish vaqti yetib kelganini ma'lum qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anmamlakatda yangi konstitutsiyani qabul qilinishi mumkinligini aytdi. 

Prezidentning ta’kidlashicha, yangi konstitutsiya milliy irodaning kuchini aks ettiradi. Shuningdek, Respublikaning 100 yilligi (2023 yil) arafasida mamlakatning o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini yuqori marraga olib chiqadi.

Erdo’g’an hukmron Ak partiya majlisida so’zlagan nutqida islohotlar dasturida o’rin olgan yangi konstitutsiya bo’yicha qonun taklifiga e’tibor qaratdi.

“Turkiya tarixida yangi konstitutsiyani qabul qilishni muhokama qilish vaqti yetib keldi. Yangi konstitutsiya matnini tayyorlab, yakuniy matnni xalq e'tiboriga havola qilish bahtiga muyassarmiz. Milliy irodaning kuchini aks ettiradigan yangi konstitutsiya Respublikamizning 100 yilligi arafasida o’z oldimizga qo’ygan maqsadlarimizni marraga olib chiqishiga ishonaman”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Erdo’g’an bu jarayonda barcha siyosiy partiyalar ishtirok etishi tarafdori ekanligini ma’lum qildi.

“Shoshilmasdan, har bir partiyadan vakillar ishtirokida, davr talablariga to’liq javob bera oladigan yangi konstitutsiya matnini tayyorlashimiz kerak. Keling, barchamiz birgalikda yangi konstitutsiya bo’yicha takliflarimizni bir yil ichida tayyorlaylik va muhokamaga qo’yaylik!”,-deb aytgan prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #yangi konstitutsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar