Erdo’g’an Germaniya kanstleri Angela Merkel bilan muloqot qildi

Ma’lumotga ko’ra, suhbat chog’ida Turkiya va Germaniya o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va alohida strategik sheriklik rishtalarini rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko’zdan kechirildi.

1579663
Erdo’g’an Germaniya kanstleri Angela Merkel bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Germaniya kanstleri Angela Merkel bilan videokonferensiya shaklida muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, suhbat chog’ida Turkiya va Germaniya o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va alohida strategik sheriklik rishtalarini rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko’zdan kechirildi. Shuningdek, Turkiya-Yevroittifoq munosabatlari va boshqa ahamiyatga molik mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Erdo’g’an Turkiya-Yevroittifoq munosabatlarini samarali davom ettirish tarafdori ekanligini taʼkidladi. Shu bilan birga, martda o’tkazilishi rejalangan sammitga katta tayyorgarlik ko’rilishidan umidvorligini bildirdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Yevroittifoqning Turkiyaga haqqoniy va iliq munosabatda bo’lishidan ikki tomon ham manfaatdor.

Bundan tashqari, Erdo’g’an 18 martda imzolangan tartibsiz migrantlarni qayta qabul qilish evaziga Turkiya fuqarolarini vizadan ozod qilish bo’yicha memorandumni yangilash uchun zarur faoliyatlarni amalga oshirish kerakligini ma’lum qildi.

Ayni vaqtda, Portugaliyaning raislik muddati tugamasdan turib, Turkiya-Yevroittifoq sammiti tashkil etilishidan umidvorligini tilga oldi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Angela Merkel , #Germaniya , #Turkiya

Aloqador xabarlar