Irlandiya tashqi ishlar vaziri Simon Koveni Anqaraga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon Anqarada Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li tomonidan kutib olindi. Bo’lib o’tgan uchrashuvda Turkiya-Irlandiya munosabatlari, shuningdek Turkiya va Yevroittifoq o’rtasidagi aloqalar muhokama qilindi.

1572489
Irlandiya tashqi ishlar vaziri Simon Koveni Anqaraga tashrif buyurdi

 

Irlandiya tashqi ishlar va mudofaa vaziri Simon Koveni Anqaraga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon Anqarada Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li tomonidan kutib olindi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi qarorgohida bo’lib o’tgan uchrashuvda Turkiya-Irlandiya munosabatlari, shuningdek Turkiya va Yevroittifoq o’rtasidagi aloqalar muhokama qilindi.

 

Vazirlar o’zaro uchrashuvdan so’ng, qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi.

Irlandiya tashqi ishlar vazirini Anqarada kutib olishdan mamnuniyatini tilga olgan Chavusho’g’li, ikki tomonlama munosabatlar, ayniqsa savdo-iqtisodiy faoliyatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinganligini ma’lum qildi.

“O’tgan yili Irlandiya bilan Turkiya o’rtasidagi savdo hajmi taxminan 1.5 mlrd dollar atrofida edi. Biz buni osonlikcha 3 mlrd dollarga chiqarishimiz mumkin”,-deb aytgan Mavlud Chavusho’g’li.

Uning ta’kidlashicha, ayniqsa turizm sohasi ikki mamlakatning nafaqat iqtisodiy, balki gumanitar aloqalari jihatidan ham muhim sektor bo’lib hisoblanadi.

“2019 yili 95 mingga yaqin irlandiyalik sayyoh Turkiyaga keldi. Albatta, koronavirus tufayli sayohatlar bir muddatga cheklandi, lekin ishonchli turizm dasturi natijasida o’tgan yili 15 mln sayyoh mamlakatimizga tashrif buyurdi. Biz yana ham ko’proq irlandiyalik sayyohlarga mezbonlik qilishni xohlaymiz”,-dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Mavlud Chavusho’g’li fursatdan foydalanib, Yevroittifoqqa a’zo bo’lish jarayonida Turkiyani qo’llab-quvvatlagani uchun Irlandiyaga minnatdorlik bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Simon Coveney , #Turkiya , #Irlandiya

Aloqador xabarlar