Erdo'g'an:"Yevroittifoq Turkiyaga bergan va’dasini hech qachon bajarmadi"

“Turkiya 1963 yildan beri Yevroittifoq bilan bo’lgan munosabatlarini ijobiy davom ettirishga g’ayrat qildi. Afsuski, Yevroittifoq bizga bergan va’dasini hech qachon bajarmadi",- dedi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an.

1564471
Erdo'g'an:"Yevroittifoq Turkiyaga bergan va’dasini hech qachon bajarmadi"

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ta’kidlashicha, Yevroittifoq Turkiyaga bergan va’dasini hech qachon bajarmadi.

Turkiya-Yevroittifoq munosabatlariga to’xtalgan Erdo’g’an shunday dedi:

“Turkiya 1963 yildan beri Yevroittifoq bilan bo’lgan munosabatlarini ijobiy davom ettirishga g’ayrat qildi. Afsuski, Yevroittifoq bizga bergan va’dasini hech qachon bajarmadi. Endilikda, yangi jarayonga qadam bosdik. Ikki tomonlama munosabatlarimiz jadal sur’at bilan davom etmoqda”.

Erdo’g’an shuningdek, Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olganligi sababli AQSh bilan Turkiya o’rtasida ro’y bergan sovuqlikka diqqat qaratdi.

“Bizning mudofaa sanoati bo’yicha tashlaydigan qadamlarimizga hech kim aralasha olmaydi. Bu qat’iyan bizning qarorimizdir. Biz Rossiya bilan S-400 bo’yicha birinchi buyurtma dasturini qabul qildik. Ikkinchi dastur davom etmoqda. Shu oy oxirida Rossiya bilan muzokara o’tkazamiz. Bir qator masalada fikr almashamiz. Jo Bayden hukumati bunga qanday munosabatda bo’ladi buni bila olmaymiz. Shuni aytishim mumkinki, biz o’z mudofaamiz bo’yicha qadam tashlar ekanmiz, boshqalardan ruxsat olmaymiz. NATOga a’zo davlat sifatida boshqa davlatlarning bizni shakllantirishiga aslo yo’l qo’ymaymiz”,-deb aytgan Erdo’g’an.

Prezidentning ta’kidlashicha, Turkiya F-35 harbiy samolyotining pulini to’lashiga qaramay, AQSh ushbu samolyotlarni hamon Turkiyaga yubormadi.

“AQSh ittifoqdosh davlat sifatida bizga nisbatan noto’g’ri munosabatda bo’ldi. Umid qilamanki, muzokaralardan so’ng, Jo Bayden eski hukumatning xatosini tuzatadi”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha koronavirusga qarshi emlanganligini eslatdi. Prezidentning ta’kidlashicha, 28 kundan keyin vaksinaning ikkinchi dozani qabul qiladi.


Tanlangan kalimalar: #Yevroittifoq , #Turkiya

Aloqador xabarlar