Albaniya bosh vaziri Edi Rama Turkiyaga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an tomonidan Anqaradagi prezident saroyida rasmiy marosim bilan kutib olindi.

1558708
Albaniya bosh vaziri Edi Rama Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Albaniya bosh vaziri Edi Rama Turkiyaga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an tomonidan Anqaradagi prezident saroyida rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Marosimdan so'ng Erdo'g'an va Edi Rama o'zaro uchrashuv amalga oshirdi. Ayni vaqtda Erdo'g'an va Edi Rama raisligida hay'atlararo muzokaralar o'tkazilmoqda.

Muzokaralarda Turkiya va Albaniya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar ko'zdan kechiriladi va ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirish bo'yicha yangi rejalar muhokama qilinadi. Shuningdek, ahamiyatga molik mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Albaniya bosh vaziri Edi Rama va Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an uchrashuv va muzokaralardan so'ng qo'shma matbuot anjumani o'tkazadi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Albaniya , #Edi Rama

Aloqador xabarlar