Hatayda terrorchilik harakati sodir etishni rejalagan jangarilar yo'q qilindi

Hatay meri Rahmi Do’g’anning ta’kidlashicha, Suriyadan kelgan 4 jangari Hatayning Amanos tog’iga yashiringan. Ular Turkiyada terrorchilik harakatini sodir etishni rejalashtirgan.

1516493
Hatayda terrorchilik harakati sodir etishni rejalagan jangarilar yo'q qilindi

 

Turkiyaning Hatay viloyatida politsiyaning sinchkovligi natijasida dahshatli fojianing oldi olindi.

Hatayning Iskandarun tumanida politsiyachilar nazorat postidagi tekshiruv jarayonida ikki nafar shubhali shaxsni kuzatuvga oldi.

Politsiyachining shubhalanganligini payqab qolgan jangarilardan biri yengil mashinada qochayotganda o'zini portlatib yuborgan. Uning sherigi qochishga muvaffaq bo'lgan. Biroq, ko’p o’tmay qochishga uringan jangari maxsus operatsiya vositasida qo’lga tushirilgan.

Hatay meri Rahmi Do’g’anning ta’kidlashicha, Suriyadan kelgan 4 jangari Hatayning Amanos tog’iga yashiringan. Ular Turkiyada terrorchilik harakatini sodir etishni rejalashtirgan. Kecha kechqurun xavfsizlik kuchlarining muvaffaqiyatli operatsiyasi natijasida ularning barchasi yo’q qilingan.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ushbu hodisaga twitter orqali munosabat bildirdi.

“Xavfsizlik kuchlarimizni Hatayda muvaffaqiyatli operatsiya o’tkazganligi munosabati bilan tabriklayman. Turkiya endilikda bunday terrorchilik harakatlari bilan boshqariladigan, ular bilan mashg’ul qilinadigan davlat emas”,-deb aytgan Erdo’g’an twitterda.


 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #terrorchilik harakati , #Hatay

Aloqador xabarlar