Ibrohim Kalin:"Pashinyanning bayonoti Armanistonning qora niyatini ko'rsatadi"

Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning “Tog’li Qorabog’ muammosiga diplomatik chora yo’q” shaklidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

1513774

“Nikol Pashinyanning “Tog’li Qorabog’ muammosiga diplomatik chora yo’q” shaklidagi bayonoti Armanistonning qora niyatini ko’rsatadi. Bu bilan kimning urush tarafdori ekani ma’lum. Bu Turkiya va Ozarbayjonning haqli ekanini ko’rsatadi. Janubiy Kafkaziyada tinchlik va barqarorlik faqatgina Qorabog’ ishg’oldan ozod qilingandagina o’rnatiladi”,-dedi Turkiya prezidenti matbuot kotibi twitterda.

Ozarbayjon vitse-prezidenti Xikmat Xojiyev ham Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning xalqni urushga chorlaganligini va muammoga diplomatik chora yo’qligi haqidagi bayonotini xalqaro hamjamiyatning diplomatik tashabbuslariga hurmatsizlik deb baholadi.

Aloqador xabarlar