Turkiya va Qozog'iston o'rtasida kosmik sohada anglashuv memorandumi imzolandi

Turkiya kosmik agentligi (TUA) ve Qozog‘iston milliy kosmik agentligi “Kazkosmos” o’rtasida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

1510314
Turkiya va Qozog'iston o'rtasida kosmik sohada anglashuv memorandumi imzolandi

 

Turkiya kosmik agentligi (TUA) ve Qozog‘iston milliy kosmik agentligi “Kazkosmos” o’rtasida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Qozog’iston raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi ma’lum qilishicha, Turkiya kosmik agentligi rahbari Serdar Husayin Yildirim va Qozog‘istonning raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musin o‘rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Mazkur uchrashuvda ikki mamlakatning kosmik sanoatini rivojlantirish va bu boradagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Qozog’istonga tashrifi doirasida Serdar Husayin Yildirim boshchiligidagi delegatsiya Qizilo‘rda viloyatidagi “Baykonur” kosmodromiga ham tashrif buyurib, "Soyuz MS-17" kosmik kemasining parvozini tomosha qildi.

Yildirim shuningdek, Qozog’iston kosmos va aviatsiya qo’mitasi rahbari Baubek Oralmagambetov bilan uchrashdi. Tomonlar uchrashuvdan so’ng, kosmik sohada hamkorlik bo’yicha anglashuv memorandumini imzoladi.

Rasmiy uchrashuvlardan so‘ng jurnalistlarga intervyu bergan Serdar Yildirim, Turkiya va Qozog‘iston o‘rtasida muhim hamkorlik salohiyatiga guvoh bo’lganligini ta’kidladi. Uning ta'kidlashicha, ikki tomonlama kelishuvlar hamkorlik sohalarini yaxshiroq baholash imkoniyatini beradi.

“Ushbu bitim ikki mamlakat aerokosmik muassasalari va kompaniyalari o‘rtasida amaliy hamkorlik qilishga imkon beradi”,- deb aytgan Serdar Yildirim hujjatni imzolash marosimida. 

 



Aloqador xabarlar