Chavusho‘g‘lu: “Ozarbayjon xohlasa, yordam beramiz.”

Chavucho’g’lu Rimda italiyalik kasbdoshi Luigi Di Maio bilan uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida Ozarbayjon va Armaniston o’rtasida yuz bergan to’qnashuvga to’xtaldi.

1501760
Chavusho‘g‘lu: “Ozarbayjon xohlasa, yordam beramiz.”

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘luning qayd etishicha, Ozarbayjon xohlasa Turkiya yordam berishdan chekinmaydi.

Chavucho‘g‘lu Rimda italiyalik kasbdoshi Luigi Di Maio bilan uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvga to‘xtaldi.

Unda,

Turkiyaning bir muammoning har doim tinchlik yo‘li orqali, BMTXK qarorlari asosida hal qilinishi tarafdori ekanini eslatib o‘tgan Chavusho‘g‘lu,

“Lekin bugungacha bironta qadam tashlanmadi. Ozarbayjonning o‘z tuprog‘ini qaytarib olish kuchi bor. Ozarbayjonning o‘q uzishni to‘xtatish e‘lon qila olishi uchun Armanistonning tark etishi lozim. Bugungacha Ozarbayjonning bizdan konkret talabi bo‘lmadi lekin bo‘lsa kim nima deyishidan qat’iy nazar yordam beramiz.” dedi.

Chavusho‘g‘lu, xalqaro hamjamiyat biron nima qilishni xohlasa unda Armaniston darhol Ozarbayjon tuproqlarini tark etishi kerakligini qayd etdi.

Chavusho‘g‘lu shuningdek, mintaqada tinchlik va barqarorlikning eng ko‘p Armaniston manfaatiga bo‘lishini o‘z so‘ziga ilova etgan holda,

“Tinchlikni tanlaysizmi yoki urush? Armaniston bu borada qaror berishi kerak.” deya gapirdi.

Sharqiy O‘rta yer dengizidagi oxirgi vaziyat haqida ham gapirgan Tashqi Ishlar vaziri:

“Yevropa ittifoqi global tashkilot bo‘lishni xohlasa unda Gretsiyaga ‘sen nohaqsan’ deya olishi lozim. Biz, niyatimiz yaxshi ekanini ba’zi imo-ishoralar orqali yetkazdik. Haqlarimizni himoya qilish masalasida ham qarorimizning qat’iy ekanini ko‘rsatdik. Shunday ekan keling, adolatli, to‘g‘ri bo‘lishish uchun birgalikda ish olib boraylik. Bu yerda YI tutgan yo‘li alohida ahamiyat kasb etadi.” degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar