Erdo'g'an:"COVID-19ga qarshi vaksinani 2021 yil yanvarda tarqatishni rejalayabmiz"
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bugun bo'lib o'tgan vazirlar kengashi yig'ilishidan so'ng bayonot berdi.
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bugun bo'lib o'tgan vazirlar kengashi yig'ilishidan so'ng bayonot berdi.
COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash kuchaytirilganligini ma'lum qilgan Erdo'g'an, qo'lga kiritilgan tajribalarga ko'ra, yangi strategiyalar ishlab chiqilganligini ta'kidladi.
"Koronavirusga qarshi 8ta vaksinadan 2 nafari hayvonlar ustida sinab ko'rildi. Bu sinov muvaffaqiyatli yakunlandi. Vaksinani 2021 yilning birinchi oylarida tarqatishni rejalayabmiz",-deb aytgan Turkiya prezidenti.
"Turkiya epidemiya tarqala boshlagandan buyon olingan chora-tadbirlar va bemorlarga ko'rsatilayotgan beqiyos xizmatlar jihatidan dunyoda namunali davlatlardan biri bo'ldi",-deb aytgan Erdo'g'an shu kunlarda kafe va restoranlarni nazorat qilish, izolyatsiyada bo'lgan bemorlarni kuzatish, 65 yoshdan kattalar uchun ba'zi cheklovlarni joriy etish kabi chora-tadbirlar kuchaytirilishini bildirdi.
"Chora-tadbirlarni insonlarga qiyinchilik tug'dirish uchun emas, balki xalqimiz salomatligini saqlashdir",-deb ilova qiladi prezident Erdo'g'an.
Aloqador xabarlar
Guler bilan Barzoniy dunyodagi oxirgi vaziyatlar ustidan ham fikr almashdi
Rasmiy tashrif bilan poytaxt Anqaraga kelgan Barzoniy, harbiy marosim bilan kutib olindi.