Chavusho‘g‘lu, Gretsiya gazetasidagi sarlavhaga javob berdi

Gretsiya gazetasining ahmoqona sarlavhasiga diplomatik tusda javob berildi

1493417
Chavusho‘g‘lu, Gretsiya gazetasidagi sarlavhaga javob berdi

Gretsiya gazetasining ahmoqona sarlavhasiga diplomatik tusda javob berildi.

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Gretsiyaning Anqaradagi elchisining vazirlikka taklif qilinganini ma’lum qildi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, “Gretsiya gazetasi (Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an haqida) ahmoqona tusdagi sarlavha bilan ma’lumot tarqatdi. Shunday ekan grek elchini vazirlikka chaqirdik.” dedi.

Chavusho‘g‘lu bu haqida shuningdek, “Bizning ommaviy axborot vositalari ba’zi grek siyosatchilarni tanqid qiladi, hatto bizni ham, og‘ir albatta, hafa ham bo‘lamiz lekin bunday vaziyat uchrab turadi lekin haqorat qilish, so‘kinishlar matbuot erkinligi doirasiga kiritilmasligi darkor. /…/. Aloqa yetakchiligi ham kerakli tashabbusni yo‘lga qo‘ymoqda. Afsuski saviya shundan iborat, kerakli choralarni ko‘ramiz.” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar