Istanbulda JSSTning geografik diskret idorasi tashkil etildi

Turkiyaning Istanbul shahrida Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining (JSST) gumanitar va sog'liqni saqlash bo’yicha favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan geografik diskret idorasi tashkil etildi.

1488634
Istanbulda JSSTning geografik diskret idorasi tashkil etildi

 

Turkiyaning Istanbul shahrida Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining (JSST) gumanitar va sog'liqni saqlash bo’yicha favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan geografik diskret idorasi tashkil etildi.

Bu Turkiya tomonidan ijobiy baholanib, Istanbul shahri shu bilan BMT markaziga aylanishini ma’lum qildi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko’ra, mazkur idora ayni vaqtda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti va Turkiya munosabatlariga ijobiy hissa qo’shadi, Turkiyaning gumanitar yordam faoliyatlaridagi o’rnini mustahkamlaydi, shuningdek koronavirusga qarshi kurashda global tashabbuslarni qo’llab-quvvatlaydi.

“Istanbulda Geografik diskret idorasi tashkil etilishi shaharni BMT markaziga aylantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizning yorqin ifodasidir”,-deyiladi bayonotda.

Eslatish joizki, Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining (JSST) gumanitar va sog'liqni saqlash bo’yicha favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan geografik diskret idorasi kecha Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja va Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining (JSST) Yevropa bo’yicha direktori Xans Kluge ishtirokida videokonferensiya shaklida ochildi.

Ochilishda ma’ruza qilgan Xans Kluge shunday dedi:

“Turkiya haqiqatdan ham geografik diskret idorasi tashkil etilishi uchun mustahkam zaminga ega. Chunki, Turkiya yirik falokatlar tufayli yuzaga keladigan favqulodda holatlarda qanday chora ko’riladi va qanday tayyorgarlik ko’riladi buni isbotladi. Shu sababli bunday geografik diskret idorasining ochilishi uchun Turkiyadan boshqa yaxshiroq joy topilmasdi”.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #JSST , #geografik diskret idorasi

Aloqador xabarlar