O‘ktay, “Turkiya va ShKTR, mintaqada o‘zlariga qarshi o‘ynalgan o‘yinlardan xabardor”.

Fuat O‘ktay, AQShning Kiprning grek qismiga qurol sotishni maqullagan qarorini qoraladi.

1483497
O‘ktay, “Turkiya va ShKTR, mintaqada o‘zlariga qarshi o‘ynalgan o‘yinlardan xabardor”.

Vitse – prezident Fuat O‘ktay Turkiya va ShKTRning mintaqada o‘zlariga qarshi o‘ynalgan o‘yinlardan xabardor ekanligini qayd etdi.

O‘ktay Twitter hisobida orqali mavzu haqida bergan bayonotida, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kiprning grek qismiga qurol sotishni maqullagan qarorini, “Yevropa tomonidan orolda yo‘l qo‘yilgan hatolarning AQSh tomonidan takrorlanishi” deb baholadi.

Fuat O‘ktay o‘z bayonotida:

“Mintaqada taranglik xavfini orttiruvchi bunday yo‘ndashuvlarga qarshi Turkiya sifatida ShKTR, ShKTR xalqining xavfsizligi, tinchligi va farovonligini kafolatga olish uchun kerakli qadamlarni tashlashni davom ettiramiz. Turkiya va ShKTR, mintaqada o‘zlariga qarshi o‘ynalgan o‘yinlardan xabardor. Xalq sifatida qarorlilik bilan hamjihatlikda ana shu o‘yinlarni buzib, kelajak tomon birgalikda qadam tashlab, bu o‘yinlarning bir bo‘lagi bo‘lganlarni ham kechirmaymiz.” degan ifodalarga o‘rin berdi.  



Aloqador xabarlar