Turkiya Livanga insonparvarlik yordami yubordi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tashabbusi bilan yuborilgan insonparvarlik yordami Turkiya qurolli kuchlariga oid samolyotda mamlakat poytaxti Bayrutga qo’ndi.

1467985
Turkiya Livanga insonparvarlik yordami yubordi

 

Turkiya Livanga insonparvarlik yordami yubordi.

Insonparvarlik yordami ortilgan Turkiya qurolli kuchlariga oid samolyot mamlakat poytaxti Bayrutga qo’ndi.

Samolyotda maxsus qidiruv-qutqaruv guruhi ham o’rin olgan.

Livanga insonparvarlik yordami Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning buyrug’iga binoan amalga oshirildi.

Turkiya sog’liqni saqlash vazirligi, Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) va Turk Qizil yarim oy jamiyati tomonidan tayyorlangan insonparvarlik yordami poytaxt Anqaradagi Etimesgut harbiy aeroportida A400M harbiy yuk samolyotiga ortildi.

Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan milliy medikal qutqaruv guruhining (UMKE) 21 nafar xodimi, shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish uchun mo'ljallangan ikki vosita, 3ta chodir, tibbiy ashyolar va dori vositalari, shuningdek Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) tomonidan 10 ta qidiruv-qutqaruv xodimi, bir qutqaruv texnik vositasi va Turk Qizil yarim oy jamiyatining 3 nafar xodimi, qidiruv-qutqaruv guruhi, tibbiy ashyolar va insonparvarlik yordamlari Bayrutga yetib bordi.

Eslatish joizki, 4 avgust kuni Livan poytaxti Bayrut shahrida joylashgan portda kuchli portlashlar yuz berdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashda 4 mingdan ortiq inson jarohatlangan, qurbonlar soni esa, 135 nafarga yetgani aytilmoqda. Portlash oqibatida shahardagi binolarning yarmiga shikast yetgan, shifoxonalar esa jarohatlanganlarga to‘lib ketgan.

 


Tanlangan kalimalar: #insonparvarlik yordami , #Bayrut , #Livan , #Turkiya

Aloqador xabarlar