Xayirsevar turk Afg’onistonda maktab qurdirdi

“Maktabda turkcha ta’lim oladigan o’quvchilar avvalo Turkiya, uning tarixi va ulug’ turk yetakchilari haqida ma’lumotga ega bo’ladilar”,-deb aytadi xayirsevar turk shifokor Metin Kulunk.

1453484
Xayirsevar turk Afg’onistonda maktab qurdirdi

 

Xayirsevar turk shifokor Metin Kulunk Afg’onistonning Jevizjon viloyatida 1500 o’quvchiga mo’ljallangan 16 ta xonadan iborat maktab qurdirdi.

“Ushbu maktabni qurdirayotganda bir shartimiz bor edi. U ham bo’lsa bu maktabda bolalarga turkcha ta’lim berilishi edi. Maktabda dars beradigan o’qituvchilarning oyligini ham biz to’laymiz. Shu bilan afg’on bolalarning orzularini ro’yobga chiqarishga harakat qilamiz”,-deb aytgan xayirsevar shifokor Metin Kulunk.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya bilan Afg’oniston o’rtasida “ma’naviy ko’prik” o’rnatish uchun ikki xalq bir-birining tilini bilishi kerak.

“Maktabda turkcha ta’lim oladigan o’quvchilar avvalo Turkiya, uning tarixi va ulug’ turk yetakchilari haqida ma’lumotga ega bo’ladilar”,-deb aytgan Metin Kulunk.

Qolaversa, maktab qoshida kompyuter xonalari va kutubxona ham tashkil etiladi. Maqsad maktabda sifatli ta’lim berish va afg’on-turk xalqlari o’rtasidagi aloqani mustahkamlashdir.

 


Tanlangan kalimalar: #maktab , #Afg'oniston , #Metin Kulunk

Aloqador xabarlar