Turkiyada 1 iyundan e’tiboran mahalliy aviaqatnovlar boshlanadi

Turk Havo Yo’llari milliy aviakompaniyasi ertaga Turkiya vaqti bilan soat 10:00da Istanbul-Anqara reysini amalga oshiradi.

1426594
Turkiyada 1 iyundan e’tiboran mahalliy aviaqatnovlar boshlanadi

 

Turkiyada ertaga 1 iyundan e’tiboran mahalliy aviaqatnovlar takror boshlanadi.

Turk Havo Yo’llari milliy aviakompaniyasi ertaga Turkiya vaqti bilan soat 10:00da Istanbul-Anqara reysini amalga oshiradi.  

Koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida parvozlar vaqtida ba’zi xizmatlar o’zgartirildi.

Bunga ko’ra, parvoz vaqtida yo’lovchilarga xizmat doirasida bir martalik steril ashyolardan foydalaniladi. Shuningdek, choy va qahva berilmaydi. Shisha yoki chinni stakanlar qo’llanilmaydi va yo’lovchilarga menyu kartlari tarqatilmaydi.

Samolyotda gigiyena bo’yicha mutahassis xodim xizmat beradi. U parvoz mobaynida tozalik va gigiyenani nazorat qilib boradi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #parvoz , #THY , #Turkiya

Aloqador xabarlar