Shirnak va Diyarbakirda bo'lginchi terror tashkiloti PKK a'zosi 5 terrorist yo’q qilindi.
Shirnak va Diyarbakirda bo'lginchi terror tashkiloti PKKga qarshi uyushtirilgan havo hujumida 5 terrorist yo’q qilindi.

Shirnak va Diyarbakirda bo'lginchi terror tashkiloti PKKga qarshi uyushtirilgan havo hujumida 5 terrorist yo’q qilindi.
Ichki xavfsizlik operatsiyalari doirasida, Shirnak Bestler Dereler mintaqasida viloyat Jandarma qo'mondonligi tomonidan havo bilan ta'minlangan bir operatsiya amalga oshirildi.
Amaliyotda 3 nafar terrorchi yo’q qilindi.
Diyarbakirning Lija shahrida o'tkazilgan operatsiyada 1 terrorist o'lik, 1 terrorchi esa tiriklayin qo'lga olindi.
Tiriklayin qo'lga olingan terrorchi 1 million liraga qadar mukofot puli bilan to’q sariq ro'yxatga kiritilgan kishi ekanligi ma'lum qilindi.
O'zining Tvitter-dagi bayonotida, Ichki ishlar vaziri Sulayman So’ylu, ushbu operatsiyalar bilan mamlakatda yana 5 terrorist kamayganligini va qochgan 5 terrorist uchun shunday dedi:
" Qochib ketgan 5 terrorist, siz o’zingizni omadli deb o'ylamang ... Qahramonlar izingizda sizni qidirmoqda..."