Turkiya Kovid-19 epidemiyasidan zarar ko'rgan davlatlarga tibbiy moddiy yordamini davom ettirmoqda

Turkiya tomondan Litvaga  yuborilgan nafas olish moslamalari yetkazib berildi. Litva Tashqi ishlar vaziri Linkevicius Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi.

1413524
Turkiya Kovid-19 epidemiyasidan  zarar ko'rgan davlatlarga tibbiy moddiy yordamini davom ettirmoqda

 Turkiya coronovirusla (Kovid-19) epidemiyasidan zarar ko'rgan  davlatlarga tibbiy moddiy yordamini  davom ettirmoqda.

Nihoyat, tibbiy uskunalar Tunis va Ukrainaga yuborildi.

Milliy mudofaa vazirligi (MMV ) tomonidan berilgan  bayonotda,

"Vazirligimiz tomonidan Prezidentimiz Rajab Toyyib Erdo'g'onning ko'rsatmasi bilan tayyorlangan va Kovid-19ga qarshi kurashda ishlatiladigan tibbiy yordam materiallari Tunisga jo'natildi”  deya bildirgan edi.

MMV  tomonidan berilgan yana boshqa  bir bayonotga ko'ra, Prezident Erdog'anning ko'rsatmasi bilan vazirlik tomonidan tibbiy yordam materiallari tayyorlandi.

Kovid-19ga qarshi kurashda foydalanish uchun tayyorlangan materiallar Ukrainaga samolyot orqali yuborilgan.

Boshqa tomondan, Turkiya tomondan Litvaga  yuborilgan nafas olish moslamalari yetkazib berildi   Litva Tashqi ishlar vaziri, Linkevicius Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi.

Litva tashqi ishlar vaziri Linas Linkevicius  mamlakatiga yetkazib berilgan  tibbiy  yordam borasida o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan o'pka uchun ventilyatorlarning  fotosuratlarini tarqatdi.

Linkevicius,

"Kovid-19ga qarshi kurashda Litva va Turkiyadan muvaffaqiyatli  bir hamkorlik namunasidir.Mening aziz do'stim Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog'luga Turkiyaning hukumati va  turk diplomatlarining qo'llab-quvvatlashlari  uchun katta  rahmat” deya o’z xabarini baham ko'rdi.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yordam , #Tibbiy , #Davlatlar , #Turkiya

Aloqador xabarlar