PKK, o‘rmonda o‘tin to‘plamoqchi bo‘lgan tinch aholiga qarshi hujum uyushtirdi

PKK, Diyarbakir viloyatining Kulp tumanida o‘rmonda o‘tin to‘plamoqchi bo‘lgan tinch aholiga qarshi hujum uyushtirdi.

1393989
PKK, o‘rmonda o‘tin to‘plamoqchi bo‘lgan tinch aholiga qarshi hujum uyushtirdi

Turkiyaning Diyarbakir viloyatining Kulp tumanida o‘tin to‘plash uchun borgan qishloqliklarga PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlar tomomidan hujum uyushtirildi. Hujum oqibatida tinch aholidan 5 kishi vafot etdi.

Gubernator tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Kulp tumaniga qarashli Gulech mahallasi chetida tong saharlab, o‘tin to‘plash uchun o‘rmonga ketayotgan fuqarolarning mashinasi o‘tar chog’ida, PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlar tomomidan qo‘lda yasalgan portlaguvchi modda orqali hujum uyushtirgan.

“Kulpdagi hujumda tinch aholidan 5 fuqaromiz vafot etdi” degan ifodaga o‘rin berilgan bayonotda, hujumchilarning aniqlanishi va ularni qo‘lga tushirish uchun xavfsizlik kuchlari tomonidan amaliyot boshlatilgani qayd etildi.

Bayonotda shahid bo‘lgan fuqarolarga Olloxdan rahmat, oilalari, yaqinlari va turk xalqiga ta’ziya izhor etilib, sabr tilandi.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining “TRT Haber” telekanalida mavzu haqida bergan bayonotida,

“Kurashimiz mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda. Ular mutlaqa qilgan ishiga javob beradi” dedi.

Turkiya Buyk Millat Majlisi raisi Mustafa Shentop, hujum haqida Twitterda qoldirgan postida,

“PKK terror tashkiloti dahshatli yuzini yana bir bor ko‘rsatdi. Xoinlarga mutlaqo o‘ziga yarasha javob beriladi” degan ifodalarga o‘rin berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Diyarbakir , #Kulp , #PKK terror tashkiloti

Aloqador xabarlar