Prezident Erdo’g'an Kechaki G20 liderlar sammitida tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, yangi koronavirus (Kovid-19) epidemiyasi barchaga, "Dinlarimiz, tillarimiz va mamlakatlarimiz farqli  bo'lsa ham, barchamizning taqdiri mushtarak”  haqiqatini yana bir bor  eslatganini aytdi.

1386034
Prezident Erdo’g'an Kechaki G20 liderlar sammitida tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

 

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, yangi koronavirus (Kovid-19) epidemiyasi barchaga,

"Dinlarimiz, tillarimiz va mamlakatlarimiz farqli  bo'lsa ham, barchamizning taqdiri mushtarak”  haqiqatini yana bir bor  eslatganini aytdi.

Kecha videokonferensiya usuli bilan qatnashgan G20 liderlarining favqulodda sammitidagi  o’z nutqida Prezident Erdo’g'an, barcha tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

Turkiya boshdan berdi vaziyatni yaqindan kuzatib borib kerakli zarur chorani tezlik bilan tatbiq etanlarini aytgan Erdo’g’an shunday davom etdi:

"/.../Dost va  birodar davlatlarni ham ushbu og'ir kunlarida olg'iz qoldirmaslik uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilmoqdamiz. Men ishonamanki, bu epidemiya bizga yana  bor bir  haqiqatni eslatdi, dinlarimiz, tillarimiz va mamlakatlarimiz farqli  bo'lsa ham, barchamizning  taqdiri  msuhtarak ekanligini ko’rsatdi dedi.

Hech birimizning bir tomonlama himoya qiluvchi siyosat olib borish imkoni va vaqti  yo’q.

Kasallikning ta'sirini kamaytirishiga erkin, ochiq va qoidalarga asoslangan xalqaro savdo tizimi katta rol o'ynaydi. Shu nuqtai nazardan biz olib boradigan barcha milliy chora-tadbirlar Jahon savdo tashkiloti qoidalariga rioya qilish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yordam berishi kerak deya ” ta’kidladi.

Erdog'an, epidemiyani nazorat qilish va kasallikning tashxisi va davolash haqidagi bilimlarni bo'lishish kerakligini ifoda etib,  koronavirus epidemiyasi G20 bilan hamkorlik va yarashish ruhining muhimligini yana bir bor ko’rsatganini  qay etdi.

Prezident Erdo’g’an,  rivojlangan davlatlarda  hatto epidemiyaga qarshi kurashishda jiddiy qiyinchiliklar bilan duch kelganini  va urushlardan aziyat chekkan mamlakatlarning sog’liqni saqlash tizimlari butunlay vayron bo'lganini ta'kidladi.

Majburiy ko'chirilganlar, ayniqsa Suriyalik qochqinlar, epidemiya oldida eng nochor guruhni tashkil qilishini ta'kidlangan Erdo’g’an,

"Ayni paytda rivojlanayotgan mamlakatlarga  ayniqsa  Afrikaga yordam berish masalaga  katta ahamiyat berganimni  bildirmoqchiman. Barchamiz uchun tahdid tashkil etgan ushbu virus ayni paytda bizlarga, insoniyatning mushtarak dushmaniga qarshi birdamlik fursati  yaratganini  aytmoqchiman.

Ushbu falokatga qarshi Turkiya har doim bo’lgani kabi birdamlik bilan  harakat qilishga tayyor deya” qayd etdi.  

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Koronavirus , #Hakorlik , #G-20 , #Prezident Erdog'an

Aloqador xabarlar