TRT Bosh direktori Ibrahim Eren, TURKSOY tomonidan Chingiz Aytmatov Oltin medali bilan taqdirlandi

Turkiya Teleradiokompaniyasi  (TRT)  tashkiloti Bosh direktori Ibrahim Eren, Xalqaro Turk Madaniyat Tashkiloti  (TURKSOY),  “ Turk dunyosining madaniy integratsiyaga qo’shgan hissalari tufayli"  "Chingiz Aytmatov Oltin medali»  bilan taqdirlandi.

1375522
TRT Bosh direktori Ibrahim Eren, TURKSOY tomonidan  Chingiz Aytmatov Oltin medali  bilan taqdirlandi

Turkiya Teleradiokompaniyasi  (TRT)  tashkiloti Bosh direktori Ibrahim Eren, Xalqaro Turk Madaniyat Tashkiloti  (TURKSOY),  “ Turk dunyosining madaniy integratsiyaga qo’shgan hissalari tufayli"  "Chingiz Aytmatov Oltin medali»  bilan taqdirlandi.

Ibrahim Eren,  tashkilot binosida uyushtirilgan marosimda  so’zlagan nutqida,  bunday qiymatli   bir mukofotni olishdan  juda ham  faxrlanganini bildirdi.

TRT sifatida Sovet Sotsialistik respublikalar ittifoqi 1990-yillarida tarqalishga boshlagandan  e’tiboran  Turkistonda va turk-islom geografiyasida vakolatxonalar ochganliklarini  eslatgan Eren, TRTning bu joylarga qo'shgan hissalari  tashkilotning eng muhim  unsurlaridan  biri ekanligini ta'kidladi.

So'nggi yillarda TRTning 14 televizor va 16 radiokanalga ega bo'lib  dunyo miqyosida juda katta jamoat eshittiruvchisi ekanligini ifoda etgan Eren, TRT Avaz kanali tashkil topgan kundan  beri turk dunyosiga hissa qo'shishni maqsad qilib olganini  bildirdi.

TRT bilan hamkorlik qilayotgan TURKSOYning turk dunyosining  tiliga, madaniyatiga  va san'atiga qo'shgan hissalari bebaho ekanligini ta'kidlagan Eren,

"Turkiston geografiyasi va  Turkiya  o'rtasidagi munosabatlarni tiklash va xotiralarni mustahkamlash maqsadi bilan  dasturlar, seriallar va hujjatli filmlar tayyorlashga davom etamiz” dedi.

TURKSOY Bosh kotibi Prof. Doktor Dusen Kaseinov TURKSOY o'zlarining ajdodlaridan qolgan boy madaniy merosini targ'ib qilish va  uni dunyoga tanitish va kelajak avlodlarga yetkazish uchun o'z faoliyatini dunyoning turli mintaqalarida va mamlakatlarida davom ettirganini aytdi.

Ushbu chorak asirlik davrda Kaseinov, TRT har doim TURKSOYning faoliyatini qo'llab-quvvatlayotganligini ta'kidladi.

Ma'ruzadan so'ng Kaseinov Ibragim Erenga medal va Chingiz Aytmatov albomini topshirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar