Akar NATOni, Suriya rejimining Idlibdagi hujmiga qarshi aniq qadamlar tashlashga chaqirdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, Associated Press axborot agentligiga Idlibdagi oxirgi vaziyatni baholadi.

1357748
Akar NATOni,  Suriya rejimining Idlibdagi hujmiga qarshi aniq qadamlar tashlashga chaqirdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar NATOni,  Suriya rejimining Idlibdagi hujmiga qarshi aniq qadamlar tashlashga chaqirdi.

AQShning Associated Press axborot agentligiga Idlibdagi oxirgi vaziyatni baholagan Hulusiy Akar unda,

Asad rejimi tomonidan nazorat yoki harbiy nuqtalarga qarshi qanaqadir hujum uyushtirilgudek bo’lsa unda unga qarshi turk askarlarining ortiqchaligi bilan javob berishini qayd etdi.  

Shuningdek,

“Personalimiz va askarlarimizning hududni tark etmasligini takror-takror ta’kidladik. Ular o’z vazifalarini davom ettiradi” dedi.  

Milliy Mudofaa vaziri Turkiyaning Idlibdagi 12 ta nazorat nuqtasining boshatilmasligini ham qayd etgan holda,  turk askarlarining rejim kuchlarining hujmiga qarshi ortiqchaligi bilan javob berish buyrug’i ostida ekanligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Rossiyaning rejim kuchlari ustidagi kuchidan foydalanishini xohlaganliklarini eslatib o’tgan Akar,

 “Resjim kuchlarining M5 quriqlik yo’lini tark etishini talab qildik, buni talab qilishni davom ettiramiz” dedi.

Rejim kuchlarining tezlik bilan hujumlarini to’xtatishini, o’q uzishni to’xtatish kelishuviga amal qilishini va buning natijasida insonlarni o’z uy-joyiga, tuproqlariga qaytarmoqchi ekanliklarini eslatib o’tgan Akar, Turkiyaning Idlibdagi maqsadining Sochi kelishuvini qo’llab-quvvatlash va muhojirlar oqimining oldini olish ekanligini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar