Rossiyadan bir delegatsiyasi ertaga Idlib bilan aloqali Turkiyaga tashrif buyuradi.
Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g'lu, Suriyaga qarashli Idlibdagi vaziyatning og’irligi davom etganini ma’lum qilib, Rossiyadan bir delegatsiyasi ertaga mavzu bilan aloqali Turkiyaga kelishini qayd etdi
Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g'lu, Suriyaga qarashli Idlibdagi vaziyatning og’irligi davom etganini ma’lum qilib, Rossiyadan bir delegatsiyasi ertaga mavzu bilan aloqali Turkiyaga kelishini qayd etdi.
Mevlut Chavusho’g'lu, Tashqi ishlar vazirligining rasmiy qarorgohida Slovakiya tashqi ishlar vaziri Miroslav Laychak bilan mushtarak matbuot anjumani o'tkazdi.
Suriyaning İdlib mintaqasida tinch aholiga qarshi Bashar Asad rejimi unsurlarining hujumlari tufayli jiddiylik borligini ta'kidlagan Chavushog'lu, İdlibdagi gumanitar falokatni to'xtatish uchun kerak bo'lgan hamma narsani qilishlarini bildirdi.
Chavusho’g'lu, rejim 3- fevral kuni turk askarlariga hujum qilib 8 nafar askarimizni shahid etganini eslatdi.
Biz buning necha barobar o’chini oldik. Biz bu borada Rossiyaga o'z munosabatimizni ham bildirdik. Rejimning tajovuzkorona harakati avj oldi. Biz rejimning kafolati bo'lgan Rossiya bilan muzokaralarimizni davom ettirmoqdamiz” dedi.
Chavusho'g'li,
“Prezidentimiz Rajab Toyyib Erdog'an, 2 kun oldin Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali uchrashdi. Ushbu yig'ilishda delegatsiyalarni yig'ish to'g'risida qaror qabul qilindi. Rossiya delegatsiyasi ertaga Turkiyaga keladi. "Agar kerak bo'lsa, bu rahbarlar darajasida muhokama qilinadi" deya qayd etdi.
Chavusho’g'lu, shuningdek, bo'lginchi terror tashkiloti PKK terrorchilarining Yevropa Parlamentida (YP) qabuli borasida ham to'xtadi.
“Biz terrorizmga qarshi kurashda ikkiyuzlamachilikni aytishdan charchadik. Ba'zi Yevropa Ittifoqi (YI) mamlakatlari esa bundan charchamaydi. Terror tashkilotining qizil byulleten bilan qidiruvda bo'lgan odamlarini mehmon qilishlarini nima bilan izoh etish mumkin. O’tmishda shu kabi uchrashuvlarni o'tkazishgan, biz bunga reaksiya ko’rsatdik. Bu safar ular bu ismlarni ro'yxatda ko'rsatmadilar. Bizning do'stlarimiz terrorchilar zalda ekanliklarini aniqladilar. Ushbu siyosatlar Yevropa ittifoqiga bo'lgan ishonchni pasaytiradi. ”