Turkiyada 2019-yili ichki xavfsizlik amaliyotlari doirasida 1694 terrorist yo’q qilindi

Ichki ishlar vaziri o’rinbosari Ismail Chatakli poytaxt Anqarada jurnalistlar bilan bo’lib o’tgan yig’ilishda barcha terror tashkilotiga qarshi o’tgan yilda 141 ming 206 amaliyot uyushtirilganligini ma’lum qildi.

1334576
Turkiyada 2019-yili ichki xavfsizlik amaliyotlari doirasida 1694 terrorist yo’q qilindi

Turkiyada 2019-yili ichki xavfsizlik amaliyotlari doirasida 1694 terrorist (149 nafari terror yetakchilari) yo’q qilindi.

Ichki ishlar vaziri o’rinbosari Ismail Chatakli poytaxt Anqarada jurnalistlar bilan bo’lib o’tgan yig’ilishda barcha terror tashkilotiga qarshi o’tgan yilda 141 ming 206 amaliyot uyushtirilganligini ma’lum qildi.

Unda jami 1694 terroristning (149 nafari terror yetakchilari) yo’q qilinganligini eslatib o’tgan Chatakli, “Kiran” amaliyotlari doirasida ham 144 terroristning yo’q qilinganligini ulardan 1 nafarining to'q sarıq, 3 nafarining esa kul rangli qidiruvdagi shaxslar ro’yhati kategoriyasida o’rin olganligini qayd etdi.

O’z yurtiga qaytgan suriyaliklar sonining 373 ming 592 nafar ekanligini eslatib o’tgan Chatakli, 3-yanvargacha Turkiyada ro’yhatga olingan suriyaliklar sonining esa 3 million 571 ming 30 nafar ekanligini ma’lum qildi.

Chatakli, 2019-yilning 11-noyabridan keyin deportatsiya qilingan chet ellik terroristlar sonining esa 150 nafarligini ifoda etdi.

 

 



Aloqador xabarlar