Turkiya Gollandiya fuqarosi bo’lgan ikki nafar shaxsni ekstraditsiya qildi

Turkiyada qo’lga tushirilgan terror tashkiloti DEAShga aloqador xorijlik shaxslarni o’z davlatiga ekstraditsiya qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

1331211

Bu haqda Turkiya ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Gollandiya fuqarosi bo’lgan ikki nafar shaxs kecha Turkiyadan vatani Gollandiyaga ekstraditsiya qilindi. Tekshiruvlar natijasida, ushbu shaxslarning terror tashkiloti DEAShga aloqador ekanligi aniqlandi.

Gollandiya prokuraturasining yozma bayonotiga ko’ra, Suriyadan Turkiyaga o’tgan va u yerdan deportatsiya qilingan DEAShga aloqador bir ayol kecha oqshom Amsterdamning Schimhol aeroportida qo’lga olingan. Ushbu ayolning qaysi davlat fuqarosi ekanligi ma’lum qilinmagan.

Tanlangan kalimalar: #DEASh , #ekstraditsiya , #Gollandiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar