Turkiya prezidenti Erdo'g'an Shveysariyada o'tkazilgan tadbirda ma'ruza qildi
Prezident Rejep Tayyip Erdo’g'an,"Chet elda yashayotgan birodarlarimizning har biri turk millatining vakili va bizning 82 million fuqarolardan hech bir farqi yo’qdir " dedi.
Prezident Rejep Tayyip Erdo’g'an,"Chet elda yashayotgan birodarlarimizning har biri turk millatining vakili va bizning 82 million fuqarolardan hech bir farqi yo’qdir " dedi.
Qochqinlarning global forumiga ishtirok etish uchun Shveysariyada bo'lgan Erdo’g'an bu yerda,
Xorijdagi Turklar va Qardosh Jamiyatlar tashkiloti Prezidentligi tomonidan tashkil etilgan "Shveysariyaga i ko’chishlarning 50 yilligi" munosabati bilan uyushtirilgan yig’ilishda ishtirokchilarga ma’ruza qildi.
Shveysariyaga ko’chgan turklar 50 yillik yutuqlaridan g'ururlanishlarini ta'kidlagan Prezident Erdo’g'an:
"Albatta, siz bu masalalarga osonlikcha bilan erisha olmadingiz va birinchi navbatda, so'nggi 50 yil ichida erishgan har bir yutug'ingizning ortida har kuni og'riq va orzu va ayrim zamonlar esa chetlanish bilan to'qilgan juda katta kurash bordir” dedi.
Prezident Erdo’g’an, 50 yilni ortda qoldirgan Yevropaga ko’ch jarayonining har bir bosqichi sog’inch, iztirob va ko’z yoshlariga to’lganligini ta’kidladi.
Erdo’g’an,
"Chet elda yashayotgan birodarlarimizning har biri turk millatining vakili va bizning 82 million fuqarolardan hech bir farqi yo’qdir " dedi.
Erdo’g’an, Turklar Yevropada xorijiy va boshqa emasliklarini ta’kidlab,
"Biz Yevropada boshpana olib kelgan emasmiz, biz chet ellik ham emasmiz, biz boshqa ham emasmiz. Biz bugun Yevropada bo’lganidek o’tmishda va tarix davomida mezbonmiz”,- deya qayd etdi.
Erdo’g'an Shveysariyada yashagan turklarga shunday xitob qildi:
"Biz asrlar davomida mazlum va jabrlanganlarga o’z eshiklarimizni ochib, butun insoniyatga namuna bo'lgan vijdonli bir millatning farzandlarimiz. Men sizning millatingiz, tilingiz, madaniyatingiz va eng muhimi bayrog'ingiz bilan faxrlanishingizni istayman " deb ta’kidladi.