Turkiya Marokash fuqarosi bo’lgan shaxsni mamlakatiga ekstraditsiya qildi

Tekshiruvlar natijasida ma’lum bo’lishicha, ushbu shaxs terror guruhlari bilan yaqin aloqada bo’lgan.

1324502
Turkiya Marokash fuqarosi bo’lgan shaxsni mamlakatiga ekstraditsiya qildi

 

Turkiyada qo’lga tushirilgan terrorchilik faoliyatlariga daxldor xorijlik shaxslarni ekstraditsiya qilish jarayoni davom etmoqda.

Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Marokash davlati fuqarosi bo’lgan shaxs mamlakatiga ekstraditsiya qilindi. Shuningdek, Kosova fuqarosi bo’lgan ikki nafar shaxs ham vatani Kosovaga ekstraditsiya qilindi. Tekshiruvlar natijasida ma’lum bo’lishicha, ushbu shaxslar terror guruhlari bilan yaqin aloqada bo’lgan.

Eslatish joizki, kecha Fransiya fuqarosi ekanligi aniqlangan terrorist Turkiyadan Fransiyaga ekstraditsiya qilingandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Kosova , #terrorist , #Marokash , #ekstraditsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar