Sulaymon Soylu:"Turkiyada qo’lga tushgan fransiyalik DEASh a'zolari dekabrda ekstraditsiya qilinadi"

Turkiyada qo’lga olingan DEAShga aloqador xorijlik terroristlarni davlatiga qaytarish jarayoni davom etmoqda.

1314097
Sulaymon Soylu:"Turkiyada qo’lga tushgan fransiyalik DEASh a'zolari dekabrda ekstraditsiya qilinadi"

 

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu Turkiyada qo’lga tushirilgan DEAShga a’zo 11 nafar Fransiya fuqarosi dekabr oyida Fransiyaga ekstraditsiya qilinishini ma’lum qildi.

Turkiyada qo’lga olingan xorijlik terroristlarni davlatiga qaytarish jarayoni davom etganligini ta’kidlagan vazir: “Fransiya fuqarosi ekanligi aniqlangan 11 nafar shaxsni dekabrda Fransiyaga qaytaramiz”,-dedi.

Vazirning so’zlariga ko’ra, qo’lga tushirilgan ushbu shaxslar DEASh bilan aloqador.

Vazirning ta’kidlashicha, hozirda 370 ming Suriya fuqarosi o’z vataniga qaytdi.

“Bu miqdor yetarli emas albatta. Ahamiyatlisi shundaki, suriyaliklar asta-sekin vataniga qayta boshladi. Boshqa tomondan Turkiya juda katta tartibsiz migratsiya tahdidi ostida turibdi. Bu holat tobora kuchayib bormoqda”,-deb aytgan ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu.

 


Tanlangan kalimalar: #ekstraditsiya , #Fransiya , #DEASh , #Turkiya

Aloqador xabarlar