Prezident Erdo'g'an: "Arman iddiolari borasida Turkiyaning yuzi yorug’dir".
Prezident Erdo'g’an Donald Trump bilan bo’lgan uchrashuvi ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida arman iddiolari, terrorizmga qarshi kurash, Fetullah Gulenning ekstraditsiya qilinishi, Turkiya-AQSh munosabatlari va urush uchoqlari masalasiga to’xtaldi.
Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an arman iddiolari borasida Turkiyaning yuzi yorug’ ekanligini qayd etdi.
Prezident Erdo'g’an amaliy tashrif bilan Amerikaga borar ekan u yerda Davlat rahbari Donald Trump bilan o’zaro va hay’atlaro o’tkazilgan uchrashuv ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.
Erdo’g’an anjumanda so’zlagan nutqida AQSh Vakillar palatasida 29-oktabr kuni qabul qilingan (arman iddiolarini tan olish haqida) qarorning turk xalqini hafa qilganligini belgilab o’tgan holda,
“Bu borada Turkiyaning yuzi yorug’. Arman tomoniga, bu masalaning tarix fanlari mutaxassislaridan tashkil topgan qo’shma komissiya orqali tadqiq qilinishini taklif qilgandik. Bu taklifimiz haligacha o’z kuchini yo’qotgani yo’q” dedi.
Prezident, bundan 104 yil muqaddam urush shartlarida yuz bergan voqealar (qatliom iddiosi) ustidan siyosatchilar emas tarixchilarning qaror berishi kerakligini qayd etdi.
Prezident, Suriyadagi muammoni butunlay hal qilish uchun AQSh bilan kelishib olganliklarini va bunga sodiq qolish qarorining mustahkam ekanligini eslatib o’tgan holda,
“AQShning bu borada mintaqadagi eng ishonchli sherigi Turkiyadir” dedi.
Trump bilan Turk milliy xavfsizligini tahdid qilgan terror tashkilotlariga qarshi kurashda o’zaro irodalarini bayon etganliklarini belgilab o’tgan Erdo’g’an, Fetullahchi terror tashkilotining ekstraditsiyasi talabini yana bir bor takrorladi.
Erdo’g’an maqul takliflarga muvofiq AQShdan Patriot sotib olinishi mumkinligini ham qayd etdi.
Prezident shuningdek, Amerika Qo’shma Shtatlari bilan bo’lgan munosabatlarida qadimiy sheriklik aloqasi talabiga javob beradigan ravishda yangi sahifa ochishda qarorli ekanliklarini ham o’z so’ziga ilova etdi.
AQSh Davlat rahbari Donald trump esa Erdo’g’anga tashrifi tufayli minnatdorchilik bildirgan holda, birgalikda Suriya masalasi, Turkiya tomonidan Rossiyadan xarid qilib olingan S-400 zenit-raketa tizimlari, savdo hajmining 100 milliard AQSh dollariga chiqarilishi bosh bo’lish bilan birga o’zaro munosabatlarni mazmunli ravishda qo’lga olganliklarini aytib o’tdi.
Trump, DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashdagi hamkorlik uchun ham Prezident Erdo'g’anga minnatdorchilik bildirgan holda, ikkala mamlakat sherikligining NATO va Yaqin Sharq uchun alohida o’ringa ega ekanligini qayd etdi.