Bu hafta Turkiyadan Germaniyaga 10 nafar DEAShga aloqador fuqaro ekstraditsiya qilinadi

“Bu hafta Turkiyadan ekstraditsiya qilinadigan 10 nafar shaxsdan 3 nafari erkak, 5 nafari ayol, 2 nafari yosh bola ekanligini aytishim mumkin”,-deb aytgan Germaniya tashqi ishlar vazirligi xodimi.

1304809
Bu hafta Turkiyadan Germaniyaga 10 nafar DEAShga aloqador fuqaro ekstraditsiya qilinadi

 

 

Turkiyada ushlangan DEAShga aloqador xorijlik shaxslar o’z davlatiga ekstraditsiya qilinmoqda.

Bu hafta Turkiyadan Germaniyaga 10 nafar DEAShga aloqador fuqaro deport qilinadi.

Ular Germaniya fuqarolari hisoblanadi.

Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vazirligi xodimi Kristofer Burger matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Bu hafta Turkiyadan ekstraditsiya qilinadigan 10 nafar shaxsdan 3 nafari erkak, 5 nafari ayol, 2 nafari yosh bola ekanligini aytishim mumkin”,-deb aytgan Germaniya tashqi ishlar vazirligi xodimi.

Uning ta’kidlashicha, Germaniyaning tashqi diplomatik vakolatxonasi tomonidan bu fuqarolarning shaxsi aniqlandi. Ularning barchasi Germaniya fuqarolari hisoblanadi. Bu shaxslarning hozircha DEASh bilan aloqasi bor yoki yo’qligini aytish qiyin. Biroq, deport qilinadigan ikki ayolning bundan avval Suriyada bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor.

Germaniya matbuotida tarqatilgan xabarlarda esa, DEAShga aloqador bo’lgan kamida 7 kishi Turkiyadan Germaniyaga deport qilinishi ma’lum qilingandi.

Turkiya ichki ishlar vaziri o’rinbosari Ismoil Chatakli Turkiya qo’lida ushlab turilgan xorijlik terroristlar kechadan boshlab ekstraditsiya qilina boshlaganligini ma’lum qilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #ekstraditsiya , #DEASh , #Germaniya , #Turkiya

Aloqador xabarlar