Turk-rus askarlari Firot sharqidagi ikkinchi patrullik xizmatini tamomlandi

Sochi kelishuvi asosida turk va rus askarlari tomonidan Suriyadagi Firot daryosining sharqida quriqlik orqali olib borilgan ikkinchi qo’shma patrullik xizmati tamomlandi.

1300690

Turkiyaning Shanliurfa viloyatining Suruch tumanining sharqidan 4 ta zirhli vositadan iborat Turk Qurolli kuchlari konvoyi, quriqlikdan olib boriladigan qo’shma patrullik xizmatida ishtirok etish uchun chegaradan o’tib, rus askarlarining konvoyi bilan topishdi.

Aytib o’tish joizki Turk Qurolli kuchlari bilan rus unsurlari mazkur patrullik xizmatini Aynularabning sharqi bilan Tel-Abyadning g’arbi o’rtasida olib bordi. Konvoyga haydovchisiz vositalar ham hamrohlik qildi.

Vaziyat chegaraning nol nuqtasida ko’plab jurnalist tomonidan kuzatildi.

Sochi kelishuvi doirasida turk-rus birinchi qo’shma patrullik xizmati 1-noyabr juma kuni Rasulaynning 40 kilometr sharqi bilan Kamishlining 30 kilometr g’arbi o’rtasidagi hududa ijro etilgandi.

Aloqador xabarlar