Rossiya harbiy politsiyasi Suriya shimolida qo’riqlash ishlarini boshladi
“22 oktyabr kuni Sochida Turkiya-Rossiya o’rtasida imzolangan anglashuv memorandumiga binoan, kecha Rossiya harbiy politsiyasi Suriya shimolida qo’riqlash ishlarini boshladi”,-deyiladi bayonotda.

Turkiya-Rossiya o’rtasidagi anglashuv memorandumiga binoan, Rossiya harbiy politsiyasi Suriya shimolida qo’riqlash ishlarini boshladi.
Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi bayonot berdi.
“22 oktyabr kuni Sochida Turkiya-Rossiya o’rtasida imzolangan anglashuv memorandumiga binoan, kecha Rossiya harbiy politsiyasi Suriya shimolida qo’riqlash ishlarini boshladi”,-deyiladi bayonotda.
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan anglashuv memorandumining 5-moddasida, 23 oktyabr tushki soat 12:00dan boshlab Rossiya harbiy politsiyasi va Suriya chegara harbiylari “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi o’tkazilayotgan hududdan tashqaridagi Turkiya-Suriya chegarasining Suriya tomoniga YPG jangarilari va ularga tegishli qurol-aslahalarni Turkiya-Suriya chegarasidan 30 km tashqariga chiqarilishini ta’minlash maqsadida kirishi va bu jarayon 150 soat ichida yakunlanishi nazarda tutilgan.