Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Jazoirga safar qildi

Mavlud Chavushog’li tashrif chog’ida Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi bosh vaziri Nureddin al-Badaviy tomonidan qabul qilindi.

1284762
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Jazoirga safar qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Jazoir Xalq Demokratik Respublikasiga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

Mavlud Chavushog’li tashrif chog’ida Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi bosh vaziri Nureddin al-Badaviy tomonidan qabul qilindi.

So’ngra, Chavushog’li boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi bilan keng doiradagi hay’atlararo uchrashuv bo’lib o’tdi.

Mavlud Chavushog’li bu haqda tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Tarixiy va qardoshlik aloqalarimiz mavjud bo’lgan Jazoir Respublikasi bosh vaziri Nureddin Badaviy bilan uchrashuvimiz samarali o’tdi. Afrika mintaqasidagi eng yirik hamkorimiz bo’lgan Jazoir bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarimizni yanada rivojlantirishga kelishib oldik”,-deb yozgan Mavlud Chavushog’li tvitterdagi sahifasida.

 

 



Aloqador xabarlar