Chavusho’g’li, “Muhojirlarga yordam berishlik, ahloqiy javobgarchilikdir”.

Tashqi ishlar vaziri BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi doirasida Yevropa ittifoqi tomonidan uyushtirilgan Suriya haqidagi oliy darajali yig’ilishda ishtirok etib unda nutq so’zladi.

1276027
Chavusho’g’li, “Muhojirlarga yordam berishlik, ahloqiy javobgarchilikdir”.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Suriyaning Idlib viloyatidagi gumanitar inqiroz avj olgudek bo’lsa bundan eng ko’p Turkiyaning ziyon ko’rishi mumkinligini qayd etdi.  

Tashqi ishlar vaziri BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi doirasiada Yevropa ittifoqi tomonidan uyushtirilgan Suriya haqidagi oliy darajali yig’ilishda ishtirok etib unda nutq so’zladi.

YIni suriyaliklar ustidan Turkiyaga bergan va’dalarini bajarishga chaqirgan Chavusho’g’li,  

“Idlibga bir nazar tashlang. Ko’z oldimizda katta falokat yuz bermoqda. Bu gumanitar inqiroz avj olgudek bo’lsa bundan eng ko’p Turkiya ziyon ko’rishi mumkin. Biz allaqachon bor imkonimizni oxirigacha ishga solib 4 million muhojirni qabul qildik. Endilikda 300 000 Suriya fuqarosi Idlibdan qochib darvozamizda turipdi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Idlib aholisi sonining Turkiyadagi suriyaliklar aholi soniga yaqin ekanligiga e’tibor qaratgan Chavusho’g’li, bunday muammoni hal qilolmasliklarini ta’kidladi.  

Turkiyaning muhojirlar uchun 40 milliard AQSh dollariga teng pul sarflaganligini ham o’z so’ziga ilova etgan Chavusho’g’li, bu nuqtada (YI tomonidan) berilgan va’dalarning Turkiya tomonidan bugungacha amalga oshirilgan faoliyatlardan judayam ortda qolganligiga e’tibor qaratdi.

Shu yilning dekabr oyida Jenevada uyushtiriladigan muhojirlar haqidagi forumda, muhojirlarga yordam berish uchun katta imkon tug’ilishiga e’tibor qaratgan Tashqi ishlar vaziri, muhojirlarga yordam berish masalasining ahloqiy javobgarchilik ekanligini, shuning uchun ham yana-da kuchli, konkret va barqaror yordam faoliyatlari kutganliklarini takrorladi.

Turkiya tomonidan Iordaniya, Livan, Iroq va suriyaliklarning qaytishi haqida xalqaro muhojirlar konferensiyasi uyushtirishni rejalashtirilayotganligini eslatib o’tgan Chavusho’g’li, YI bosh bo’lish bilan birga masalaga aloqasi bor davlatlarni mazkur konferensiyada ishtirok etishini xohlaganliklarini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar