Yashar Guler amerikalik general Joseph F. Dunford bilan muloqot qildi

Muloqot chog'ida Yashar Guler general Joseph F. Dunfordga Suriya sharqida xavfsiz hudud tashkil qilish faoliyatini vaqt o'tkazmasdan darhol amalga oshirish kerakligini ma'lum qildi.

1265501
Yashar Guler amerikalik general Joseph F. Dunford bilan muloqot qildi

 

Turkiya Harbiy bosh shtabi rahbari general Yashar Guler AQSh Harbiy bosh shtabi rahbari general Joseph F. Dunford bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot chog'ida Yashar Guler general Joseph F. Dunfordga Suriya sharqida xavfsiz hudud tashkil qilish faoliyatini vaqt o'tkazmasdan darhol amalga oshirish kerakligini ma'lum qildi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligining tvitterdagi rasmiy sahifasida ma'lum qilindi.

"Turkiya Harbiy bosh shtabi rahbari general Yashar Guler muloqotda Suriyada Firot daryosi sharqida xavfsiz hudud tashkil qilishga doir Turkiyaning talab va istaklarini ifoda etdi. Qolaversa, xavfsiz hududni belgilangan asoslar doirasida vaqt o'tkazmasdan darhol amalga oshirish kerakligi qayd etildi",-deyiladi bayonotda.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar