Turkiya dunyoning 94 ta davlatidan FETO a’zolarining ekstraditsiya qilinishini talab qilmoqda
Turkiya bugungacha dunyoning 94 ta davlati shu jumladan Amerika Qo’shma Shtatlari, Germaniya, Ruminiya va Belgiyadagi 570 nafar Fetullahchi terror tashkiloti a’zosining ekstraditsiya qilinishini talab qildi.
Turkiya Respublikasining Adliya vazirligi bugungacha dunyoning 94 ta davlati shu jumladan Amerika Qo’shma Shtatlari, Germaniya, Ruminiya va Belgiyadagi 570 nafar Fetullahchi terror tashkiloti a’zosining ekstraditsiya qilinishini talab qildi.
Adliya vazirligi terror tashkilotiga a’zo shu jumladan 2016-yilning 15-iyuli kuni Turkiya hukumatini to’ntarishga tashabbus qilgan terroristlarning ekstraditsiya qilinishini talab qilgan hujjatlarni tayyorladi.
Germaniyadan sobiq prokuror Zekeriya O’z va Jelal Karaning ekstraditsiya qilinishini talab qilgan Turkiya, uning ham Germaniyadaligi va Harbiy-havo kuchlari imomi ekanligi iddio etilgan, to’ntarish tashabbusining “sirli qutisi” hisoblangan Adil O’ksuzning ham ekstraditsiyasini talab qildi.
AQShdan esa FETO to’daboshi Fetulah Gulen bilan birga uning eng yaqinidagi a’zolardan Jevdet Turkyo’lu, xususiy doktori Kudret Unal, tashkilotning matbuot organida xizmat qilgan Ekrem Dumanli, xalq orasida “Emre Uslu” degan nom bilan tanilgan Emrullah Uslu, Hakan Shukur va kema egasi Ihsan Kalkavanning Turkiyaga qaytarib berilishi talab qilindi.
Tashabbuslar natijasida dunyoning 23 ta davlatidagi 109 nafar FETO a’zosi, yuqorida nomi tilga olingan talablar ortidan deportatsiya qilinib, Turkiyaga qaytarildi.
Adliya vazirligi tomonidan ekstraditsiya talablaridan tashqari tashkilotning chet eldagi oliy darajali yetakchi va a’zolarining, vaqtinchalik nazorat ostiga olinishi ham kun tartibiga olib chiqildi.
Shu doirada ham dunyoning 54 ta davlatiga, 152 nafar FETO a’zosining nazorat ostiga olinishi masalasini qo’lga olgan talablar yuborildi.
Aloqador xabarlar
Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Bryusselda uchrashuvlarini davom ettirmoqda
Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Belgiyaning poytaxti Bryusselda uchrashuvlarini davom ettirmoqda.