Chavusho’g’li Guterres bilan Virginia Gambaning faoliyat rejasini muhokama qildi
Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres bilan telefon orqali muloqat qildi.
Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres bilan telefon orqali muloqat qildi.
Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li Antonio Guterres bilan “BMT Bolalar holati va qurolli ixtiloflar masalalari bo’yicha vakili Virginia Gambaning Suriya Demokratik kuchlarining nomidan foydalangan aslida YPG/ PKK terror tashkiloti qo’mondoni bo’lgan Mazlum Abdi bilan faoliyat rejasiga qo’l qo’yganligi” masalasini muhokama qilgan.
Mevlut Chavusho’g’li tunov kuni Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining TRT Haber kanalidagi dasturida ishtirok etar ekan unda Virginia Gambaning “SDK” nomidan foydalangan YPG/ PKK terror tashkiloti bilan faoliyat rejasiga qo’l qo’yishiga e’tiroz bildirgandi.
Mazkur dasturda Guterres bilan bu masalani muhokama qilishini qayd etgan Tashqi ishlar vaziri, Turkiyaning BMT vakili Feridun Sinirlio’g’li tomonidan Turkiyaning yozma ravishdagi e’tirozining ham yetkazganligini ifoda etgandi.