Ankarada 8-Xalqaro talabalar bitiruv marosimi bo'lib o'tdi

Turkiyadagi universitet tahsilini a’lo baholar bilan tugatgan muvaffaqiyatli bitiruvchilar Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning qo’lidan diplomlarini qabul qilib oldilar.

1230067
Ankarada 8-Xalqaro talabalar bitiruv marosimi bo'lib o'tdi
abdullah eren.jpg

 

Kecha poytaxt Ankarada Xorijdagi turklar va qardosh xalqlar tashkiloti tomonidan 8-Xalqaro talabalar bitiruv marosimi o’tkazildi.

Tantanali marosimga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ham tashrif buyurdi.

Tadbirda so’zga chiqqan Xorijdagi turklar va qardosh xalqlar tashkiloti rahbari Abdulloh Eren “Turkiya ta’lim grandlari” dasturining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.

“Umid qilamanki, siz vataningizga xizmat qilish uchun qaytganingizda Turkiya buyuk davlat ekanligini, Turkiya dunyoning umidi ekanligini anglatasiz. O’z vataningizga Turkiyaning ramziy elchilari bo’lib borasiz! Bu sharafli mas’uliyatni davom ettirasiz degan umidmamiz. Biz ham omonatni ko’z qorachig’imizdek asrab avaylashni davom ettiramiz”,-deb aytgan Xorijdagi turklar va qardosh xalqlar tashkiloti rahbari Abdulloh Eren.

Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ham bitiruvchilarni vataniga xizmat qilishdek ulug’ vazifani ado etishda muvaffaqiyatlar tiladi.

“Sizlar endilikda “Dunyo beshdan kattadir” degan tamoyilning vakillari bo’ldingiz!”,-deb aytgan madaniyat va turizm vaziri.

Marosimda 1500 nafar bitiruvchiga tantanali ravishda diplom topshirildi.

Turkiyadagi universitet tahsilini a’lo baholar bilan tugatgan muvaffaqiyatli bitiruvchilar Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning qo’lidan diplomlarini qabul qilib oldilar.

8-Xalqaro talabalar bitiruv marosimi unutilmas onlar bilan yakunlandi.



Aloqador xabarlar