Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li, yapon imperatori tomonidan taqdirlandi

Chavusho’g’li, Yaponiya imperatori Naruhito tomonidan, Turkiya va Yaponiya o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning rivojlanishi va do’stlikning mustahkamlanishi yo’lidagi say-harakati tufayli taqdirlandi.

1206685
Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li, yapon imperatori tomonidan taqdirlandi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Yaponiya imperatori Naruhito tomonidan, “Kun chiqar quyosh va kumush nurlari ordeni” bilan taqdirlandi.

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li, Yaponiya imperatori Naruhito tomonidan, Turkiya va Yaponiya o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning rivojlanishi va do’stlikning mustahkamlanishi yo’lidagi say-harakati tufayli, “Kun chiqar quyosh va kumush nurlari ordeni”ga munosib deb topilgan.

Manbaalarda qayd etilishicha Yaponiyaning mazkur eng nufuzli davlat ordeni yaqinda Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’liga tantanali marosim orqali taqdim etiladi.

Mevlut Chavusho’g’li o’z vaqtida Turkiya-Yaponiya parlamentlararo do'stlik guruhiga rahbarlik qildi. Ham ana shu davrda, ham vazirlik vazifasi davomida yapon siyosiy muhiti bilan yaqin aloqa o’rnatgan Chavusho’g’li, yapon madaniyatiga bo’lgan qiziqishidan tashqari yapon tilini ham yaxshi biladi.

“Kun chiqar quyosh va kumush nurlari ordeni” bugungacha yani 1958-yili marhum Bosh vazir Adnan Menderes, marhum Tashqi ishlar vaziri Fatin Rushtu Zorlu va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiy dasturining rahbarligi vazifasini tamomlashi ortidan 2009-yili Kemal Dervishga ham taqdim etilgandi.



Aloqador xabarlar