Erdo'g'an: “AQSh FETO to’da boshini ekstraditsiya qilish orqali do’stligini ko’rsatsin”.
Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Amerika Qo’shma Shtatlarining Fetullahchi terror tashkiloti to’da boshini ekstraditsiya qilish orqali Turkiyaga bo’lgan do’stligini ko’rsatishi kerakligini qayd etdi.
Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Amerika Qo’shma Shtatlarining Fetullahchi terror tashkiloti to’da boshini ekstraditsiya qilish orqali Turkiyaga bo’lgan do’stligini ko’rsatishi kerakligini qayd etdi.
Prezident Erdo'g’an xususiy telekanal orqali kun tartibidagi masalalarni baholadi.
Erdo'g’an unda Turkiyada 2016-yilning 15-iyuli kuni yuz bergan voqeaning javobgari bo’lgan FETO to’da boshining AQShda himoya qilinishiga norozichilik birdirgan holda, Turkiyada FETO ustidan allaqachon qaror qilinganligini, ortidan shu masala bo’yicha AQShga 85 papkalik hujjat yuborilganligini qayd etdi shuningdek, AQShning Fetullah Gulenni faqatgina deport qilishini, bu orqali AQSh uchun Turkiyaga bo’lgan do’stligini ham ko’rsatishi imkoni tug’ilajagini bildirdi.
Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an AQSH Prezidenti Donald Trumpning, “24 soat ichida Suriya masalasi haqida bayonot beraman” degan so’zlarining, DEASh haqida bo’lishi mumkinligiga ham e’tibor qaratar ekan,
Trumpning bayonotining DEAShga qarshi g’alabaga erishilganligi haqida bo’lishi mumkinligini, yani bayonotning, g’alaba e’loni bo’lish ehtimoli borligini, lekin aslida olib qaraganda Suriyada DEAShdan unchalik ham qolmaganligini qayd etdi.
1915-yilgi voqealar ustidan Turkiyaga tuhmat qilgan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga qarshi ham qattiq chiqish qilgan Prezident Erdo'g’an, Fransiya qo’l urgan qatliomlarni birma-bir aytib berdi.
Makronni bu borada, o’z tarixini o’rganishga chaqirgan Prezident Erdo'g’an Makronga siyosatda yangi ekanligini, bularni o’rganishi kerakligini, unga tarixdan saboq berayotganligini, eng avvalo mana shu ishlarni hal qilishi shartligini, Turkiya tarixida qatliom bo’lmaganligini, armanlarning Turkiyada hech qachon qatliomga uchramaganligini, bugungi kunda ham Turkiyaning 100 ming nafar arman millatiga mansub fuqarosi borligini qayd etdi.
Prezident Erdo'g’an o’z so’zida saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyati ustidan xalqaro miqyosda, tergov ishi olib borilishi kerakligi masalasini ham takrorladi.
Yangi dalillar borligiga e’tibor qaratgan Erdo’g’an, hali hanuz Turkiya qo’lga kiritgan dalillarning hammasining berilmaganligini eslatib o’tgan holda,
“(Jinoyatga qo’l urganlardan biri) Men bo’lakchalarga ayirish ishlarini yaxshi bilaman” deyapti. “Buning bu so’zlaridan uning sud-tibbiyot eksperti ekanligi ma’lum. Bularning hammasi shunchalik ochiq-oydin o’rtada ekan, nimani yashirishlari mumkin” dedi.
Aloqador xabarlar
Erdo’g’an NATO Bosh kotibi Mark Rutte bilan muloqot qildi
Suhbat chog’ida Suriyadagi so‘nggi o‘zgarishlar muhokama qilindi.