Joseph Dunford Turkiya harbiy bosh shtabi rahbari general Yashar Guler bilan muloqot qildi

“Ikki qo’mondon Suriyadagi xavfsizlik vaziyati va terror tashkiloti DEAShni tubdan yo’q qilishni ta’minlash uchun AQSh bilan Turkiya o’rtasida terrorizmga qarshi kurash bo’yicha hamkorlikni mustahkamlashtirishga doir fikr almashildi”,-deyiladi bayonotda.

1133517
Joseph Dunford Turkiya harbiy bosh shtabi rahbari general Yashar Guler bilan muloqot qildi

AQSh harbiy bosh shtabi rahbari general Joseph Dunford Turkiya harbiy bosh shtabi rahbari general Yashar Guler bilan telefonda muloqot qildi.

Muloqot chog’ida Suriyadagi xavfsizlik vaziyati muhokama qilindi.

Bu haqda AQSh harbiy bosh shtabi kotibi polkovnik Patrick Ryder bayonot berdi.

“Ikki qo’mondon Suriyadagi xavfsizlik vaziyati va terror tashkiloti DEAShni tubdan yo’q qilishni ta’minlash uchun AQSh bilan Turkiya o’rtasida terrorizmga qarshi kurash bo’yicha hamkorlikni mustahkamlashtirishga doir fikr almashildi”,-deyiladi bayonotda.

Patrick Ryderning ta’kidlashicha, Turkiya bilan AQSh NATOga hamkor sifatida uzoq yillardan buyon harbiy munosabatlardan samarali foydalanib kelmoqda.

Muloqotda general Joseph Dunford Turkiyaning xavfsizligi bo’yicha AQSh tomonidan berilgan va’dalarni takror tilga olgan.

Eslatish joizki, AQSh prezidenti Donald Tramp dekabrda Suriyadan o’q qo’shinini olib chiqib ketishi to’g’risidagi qaroridan so’ng, Ankaraga tashrif buyurgan Dunford Turkiya harbiy bosh shtabi rahbari general Yashar Guler va milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan uchrashgan edi.

Dunford o’tgan hafta Belgiya poytaxti Brusselda NATO harbiy bosh shtab rahbarlari sammiti doirasida Turkiya harbiy bosh shtabi rahbari general Yashar Guler bilan yana bir bor uchrashuv amalga oshirgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar